Har bir oʻyin — yangi narsani bilish, har bir kitob — yangi olamni kashf etish imkoniyati. Clevers’da bolalarning oʻynashi, oʻrganishi va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydigan mahsulotlarni bir joyga jamladik.
Mahsulotlarni koʻrish
Oʻynaydi
Qiziqadi, sinab koʻradi va yangi tajribalar orttiradi.
Oʻrganadi
Oʻyin va kitoblar orqali atrofidagi olam bilan tanishadi.
Rivojlanadi
Oʻz surʼatida yangi koʻnikmalarni mashq qiladi.
Kitob oʻqish, qurish, moslashtirish yoki ijod qilish — farzandingizga yoqadigan mashgʻulotni toping.

Ushlab koʻrish, joylashtirish, taqqoslash va mustaqil sinab koʻrishga undaydigan mashgʻulotlar.

Birga mutolaa qilish, rasmlarni tomosha qilish va yangi hikoyalar bilan tanishish uchun kitoblar.

Boshqotirmalar, moslashtirish oʻyinlari hamda harf, raqam, rang va shakllarni oʻrganishga yordam beradigan mahsulotlar.


Biz — bolalarning o‘rganishi, o‘ynashi va rivojlanishiga yordam beradigan foydali mahsulotlarni jamlagan onlayn do‘konmiz. Bizda Montessori va rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar, bolalar kitoblari, mantiqiy o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar hamda harf, raqam, rang va shakllarni o‘rganishga yordam beruvchi mahsulotlarni topishingiz mumkin. Maqsadimiz shunchaki kitob yoki o‘yinchoq sotish emas. Biz ota-onalarga farzandining yoshi va qiziqishiga mos, foydali va qiziqarli mashg‘ulotlarni tanlashda yordam berishni istaymiz. 🧩 O‘ynaydi. 📚 O‘rganadi. 🧠 Rivojlanadi. **Biz bilan bolalaringizni erta rivojlantiring!**
Har bir bolaning oʻz qiziqishi, oʻz surʼati bor.
Kimdir rasmlarni tomosha qilishni yaxshi koʻradi, kimdir qurishni, yana kimdir savollar berishni. Farzandingiz bilan birga tanlang, birga oʻynang va uning kichik kashfiyotlariga sherik boʻling.
Farzandingizning yoshi va qiziqishiga mos kitob yoki mashgʻulotni toping. Clevers bilan kundalik vaqtni yangi kashfiyotlarga boyiting.
Chizish, yasash, ranglar bilan tajriba qilish va oʻz gʻoyalarini ifodalash uchun mashgʻulotlar.