Brain Quest ages 2-3 – 2-3 yoshli bolajonlar uchun savol-javobli o‘quv kartochkalari to‘plami. Qutida karton kartochkalardan iborat ikkita to‘plam (Deck 1 va Deck 2) bor, ularda kichkintoyning so‘z boyligini rivojlantirishga qaratilgan 350 ta savol jamlangan. Kartochkalar ingliz tilida bo‘lib, ota-ona va bola birgalikda o‘ynashi uchun juda qulay. • 350 ta savol: “Bu nima deb ataladi?”, “Maks nima qilyapti?” kabi oddiy savollar va ularning javoblari kartochkaning o‘zida berilgan • Har bir to‘plam kartochkalari bir chetidan mahkamlangan, yelpig‘ichdek ochiladi, shuning uchun sochilib ketmaydi • Mavzuli rangli rasmlar: maktabga borish, tug‘ilgan kun, kiyinish, park va boshqa kundalik vaziyatlar • Rasmlarga qarab narsalarni nomlash, ranglar va harakatlarni aytishga o‘rgatadi, nutq va diqqatni rivojlantiradi • Bosh qahramon – quvnoq maymuncha Maks bolaning qiziqishini oshiradi • Ingliz tilidagi oddiy so‘z va iboralar bilan ilk tanishuv uchun mos
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



