Brain Quest ages 4-5 – maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz tilidagi mantiqiy savol-javob kartochkalari to‘plami. Qutida 300 ta savol va javob bor, ular bolaning fikrlashini rivojlantirishga va maktabga yaxshi tayyorlanishiga yordam beradi. Rasmli savollarga javob topar ekan, bola ingliz tilidagi so‘z va iboralar bilan ham tanishadi. • 4–5 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan (pre-school), Revised 4th Edition • 300 ta savol va javob, ikki dasta kartochkaga (Deck 1 va Deck 2) bo‘lingan • Kartochkalar bir uchidan mahkamlangan, yelpig‘ichdek ochiladi – varaqlash qulay • Bir tomonida savollar (Questions), ikkinchi tomonida javoblar (Answers) – javobni darrov tekshirish mumkin • Har bir savol rangli rasm bilan berilgan: sanash, harflar, qofiyali so‘zlar va atrofdagi dunyo haqida • Mantiqiy fikrlash, diqqat va ingliz tilini o‘rganishga yordam beradi, ota-ona bilan birga o‘ynash uchun ham qulay
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



