"Bu bizga qiziq: Koinot" — koinot haqidagi qiziqarli savol-javoblardan iborat bolalar kitobi. Muallif Xadicha Kubro Tongar murakkab ilmiy mavzularni sodda, quvnoq va hazilomuz tilda tushuntirib beradi. Kitob 8 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan. • Savol-javob shakli: "Galaktika nima?", "Yorug‘lik yili nima?", "Oy nega shaklini o‘zgartirib turadi?", "Qora tuynuk nima degani?" kabi savollarga tushunarli javoblar. • Mavzular xilma-xil: yulduzlar, galaktikalar, Oy, Yer kurrasi, zilzilalar, dengiz to‘lqinlari va boshqalar. • Sahifalar daftar uslubida bezatilgan, har bir mavzu yorqin va kulgili rasmlar bilan jonlantirilgan. • Sariq eslatma varaqlarida bolaga savollar beriladi, ayrim sahifalarda o‘z kuzatuvini chizish yoki yozish uchun joy bor. • Bolaning qiziquvchanligini, dunyoqarashini va mustaqil o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantiradi.
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



