Crazy Face Puzzle — yog'och kubiklardan kulgili yuzlar yig'iladigan qiziqarli o'yin. Kartochkadagi yuzni ko'rib, to'rtta kubikni to'g'ri tomonga burib, xuddi shunday yuzni yig'ish kerak. Bolalar uchun yaxshi ermak, butun oila bilan birga o'ynasa ham bo'ladi. • Rangli yog'och kubiklar: qizil, yashil, ko'k va sariq rangda, har bir tomonida turli ko'zlar va og'izlar tasviri bor • To'plamda kulgili yuzlar tushirilgan topshiriq kartochkalari mavjud • Qo'ng'iroqcha bor — yuzni birinchi bo'lib yig'gan o'yinchi uni chaladi, bu o'yinga musobaqa ruhini qo'shadi • Ranglarni ajratish, diqqat, mantiqiy fikrlash va qo'l harakatlarini rivojlantirishga yordam beradi • Hammasi temir qutida saqlanadi — qismlar yo'qolmaydi, olib yurish ham qulay • Qutida ko'rsatilgan yosh: 3+
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!


