Dinazavr tuxumlari – oq tuxumlar to'plami, har birining ichida kichkina dinazavr yashiringan. Tuxumni ochib, ichidagi rang-barang dinazavrni topish bolaga katta zavq beradi. Dinazavrni bossangiz, u ovoz chiqaradi. • To'plamda 6 ta tuxum bor, har birining ichida boshqa rangdagi dinazavr: sariq, to'q sariq, pushti, havorang, moviy va yashil. • Dinazavr bosilganda ovoz chiqaradi, bu bolani o'yinga qayta-qayta qaytaradi. • Tuxumlar qulay ochiladigan qutichada saqlanadi, qutichadagi uyachalarda geometrik shakllar bor: kvadrat, doira, uchburchak, yulduzcha, yurakcha va xochsimon shakl. • Shakllarni tanib, har bir tuxumga joy topish orqali bola shakl va ranglarni o'rganadi, diqqati va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. • Tuxumlarni ochish-yopish va dinazavrlarni bosish qo'l mayda motorikasini mashq qildiradi. • Qadoqdagi asl nomi: Fabulous Geometric Eggs.
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

-4%