"Mening ilk duolarim" – bolajonlar uchun kartondan ishlangan duolar to'plami. Qutichada 18 xil duo bor. Ularni kunlik hayotdagi turli holatlarda o'qiladi. Kartalardagi rasmlarda ro'mol o'ragan qizcha tasvirlangan, shuning uchun to'plam ayniqsa qiz bolalarga mos. • 18 xil duo: har bir kartada qaysi holatda o'qilishi yozilgan, masalan, ovqatlanishda, kiyim kiyganda, xojatxonaga kirganda, ulovga minganda yoki gunoh ish qilib qo'yganda. • Duo matni lotin yozuvida berilgan, ostida uning o'zbekcha ma'nosi bor. • Rangli, yoqimli rasmlar bolaning e'tiborini tortadi va duoni holat bilan bog'lab eslab qolishga yordam beradi. • Kartalar kartondan ishlangan, ularni ushlash va varaqlash qulay. • To'plam qutiga joylangan, shuning uchun kartalarni saqlash oson. • Ota-onalar farzandi bilan birga duolarni yod olib, kundalik odatlarni o'rgatishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



