Fetr bizi sumka — bolani uzoq vaqt band qiladigan, qulay tutqichli rivojlantiruvchi o'yinchoq. Malikalar, qal'alar va bir shoxli ot rasmlari bilan bezatilgan pushti sumka ichida turli mashg'ulotli sahifalar jamlangan. Qizaloqlar uchun ayni muddao: ichida pazllar ham bor. • Mayda motorika uchun elementlar: tugmalar, molniya (zamok), kamarcha to'qalari, karabin, eshikchalari ochiladigan shkaf va yopiladigan hamyoncha. • Raqamlar (1 dan 10 gacha), harflar (ingliz alifbosi), ranglar va geometrik shakllarni moslashtirish sahifalari. • Emotsiyalarni moslashtirish sahifasi: bola quvonch, qayg'u, hayrat, qo'rquv va jahl kabi his-tuyg'ularni tanishni o'rganadi. • Soat va yo'nalishlar (yuqori, past, chap, o'ng) bilan tanishtiruvchi aylanuvchi strelkali elementlar. • Ajraladigan qismlar yopishqoq (lipuchka) nuqtalar yordamida sahifalarga mahkamlanadi. • Sumka tugma bilan yopiladi va tutqichlari bor — uni yo'lga yoki mehmonga olib chiqish qulay.
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

-4%