Fishing Game — qiziqarli baliq ovi o'yini: bolajon qarmoq bilan rang-barang baliqchalarni "ovlaydi". Baliqchalar yuzasiga marker bilan yozib, keyin o'chirib, qayta yozish mumkin. Shu sababli o'yinni har safar yangicha o'ynash mumkin: harflar, raqamlar, so'zlar yoki topshiriqlar yozib, o'yinni o'rganishga aylantirasiz. • To'plamda ko'plab rang-barang baliqcha kartochkalari, ikkita yog'och qarmoq, ikkita marker va o'chirgich bor • Baliqchalarga yozib o'chirsa bo'ladi — bitta o'yinning o'zidan turli mashg'ulotlar qilish mumkin • Harflar, raqamlar yoki chet tilidagi so'zlarni o'yin orqali takrorlash uchun qulay • Qarmoq bilan baliq tutish qo'l harakatlari, diqqat va sabrni rivojlantiradi • Ikki qarmoq bo'lgani uchun bolalar birga yoki kattalar bilan musobaqalashib o'ynashi mumkin • Hammasi chiroyli qutichada saqlanadi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

