G‘iyosiddin Yusufning «Go‘zal xulqlar» kitobi bolalarga yaxshi hislatlar nima ekanini sodda tilda tushuntiradi va har birini hayotiy hikoyalar orqali ko‘rsatib beradi. Kitob «Tarbiyachi» nashriyoti tomonidan chop etilgan. Rangli rasmlar va qiziqarli voqealar bolani o‘qishga qiziqtiradi hamda odob haqida o‘ylashga undaydi. • Mavzular: ilm, rostgo‘ylik, kamtarlik, uzr so‘rash, sabr, va’daga vafo qilish, saxiylik, xushmuomalalik, hayo, itoatli bo‘lish, omonatdorlik, sodiqlik, kulgi va tabassum • Har bir hislat uchun ta’rif: «Sabr nima degani?», «Kamtarlik nima degani?» kabi bo‘limlar • Mavzuga mos hikoyalar: «Do‘stimning mashinasi», «Oishaning gulzori», «Saxiy Usmon» va boshqalar • «Nega kerak?» va «Buning uchun nima qilish kerak?» bo‘limlari bolaga amaliy yo‘l-yo‘riq beradi • Sahifalarda yorqin rangli rasmlar • Ota-onalar bilan birga o‘qish va suhbatlashish uchun qulay
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



