Leleyu "Learn & Play Interactive Talking Book" — kichik yoshdagi bolalar uchun ingliz tilida gapiradigan interaktiv kitob. Sahifadagi rasm yoki so‘zga bosilsa, kitob uni ingliz tilida aytib beradi. Shunday qilib bola o‘ynab turib yangi so‘zlarni eshitadi va eslab qoladi. Kitob batareykada ishlaydi. • Turli mavzular: alifbo (Alphabets), raqamlar (Numbers), ferma hayvonlari (Farm Animals), koinot (Universe), musiqa va qo‘shiqlar (Music & Songs) va boshqalar • Har bir sahifada Quiz (savol-javob), Study (o‘rganish) tugmalari hamda ovozni balandlatish va pasaytirish tugmalari bor • Raqamlar bo‘limida 100 gacha bo‘lgan sonlar bor, kichik raqamlar narsalarni sanash rasmlari bilan berilgan • Music & Songs bo‘limida 7 klavishali pianino hamda "Twinkle, Twinkle, Little Star", "Five Little Ducks", "Bingo" kabi mashhur bolalar qo‘shiqlari bor • Yorqin rasmlar va haqiqiy hayvon fotosuratlari bolaning qiziqishini oshiradi • Ingliz tilidagi talaffuzni eshitish, diqqat va xotirani rivojlantirishga yordam beradi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



