"Mening ilk duolarim" — bolajonlar uchun 18 xil duo jamlangan kartochkalar to'plami. Har bir kartochkada kundalik hayotdagi muayyan holat uchun duo, uning o'qilishi va ma'nosi berilgan. Qizlar uchun mo'ljallangan bu to'plam bolaga eng kerakli duolarni qiziqarli va tushunarli tarzda yodlashga yordam beradi. • To'plamda bolalar bilishi kerak bo'lgan 18 xil duo bor • Har bir kartochkada duoning arabcha matni, lotin harflarida o'qilishi va o'zbekcha ma'nosi yozilgan • Ovqatdan oldin va keyin, uxlashdan oldin va uyg'onganda, kiyim kiyganda, uydan chiqqanda kabi kundalik holatlar uchun duolar • Kartochkalar rang-barang, har birida holatga mos qizcha surati chizilgan • Kartochkalar chiroyli pushti qutida saqlanadi, sovg'a sifatida ham juda mos • Bolani kundalik ishlarini duo bilan boshlashga odatlantirishga yordam beradi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



