



Baby's First Learning Set — Bear Tale nashriyotining qutidagi 3 ta karton kitobdan iborat to‘plami. Kitoblar ingliz tilida bo‘lib, bolani raqamlar, harflar va ranglar bilan tanishtiradi. Har bir sahifada real fotosuratlar va qisqa savollar bor, ular bilan kattalar va bola birga o‘qib, suhbatlashishi mumkin. • Numbers Journey — raqamlar kitobi: har bir raqam tanish narsalar misolida ko‘rsatiladi (masalan, «two hats», «two socks») • Words Journey — alifbo kitobi: A dan Z gacha harflar va ularga mos so‘zlar rasmlar bilan berilgan • Colors Journey — ranglar kitobi: har bir rangga mos meva, o‘yinchoq va buyumlar jamlangan • Yon tomondagi rangli bo‘lim tablari kerakli raqam, harf yoki rangni tez topishga yordam beradi • Qalin karton sahifalar kichkintoylarning tez-tez varaqlashiga mos • Sahifalardagi savollar («Which is your favorite?») bolani kuzatish va javob berishga undaydi, ingliz tilidagi ilk so‘zlarni o‘rgatadi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!