Scholastic nashriyotining Science Vocabulary Readers to‘plami tabiat, atrof-muhit, inson tanasi va osmon ilmiga qiziquvchi bolalar uchun yaratilgan mavzuli kitoblar jamlanmasidir. Har bir kitob 16–24 sahifadan iborat bo‘lib, aniq ilmiy faktlarni sodda tilda va haqiqiy fotosuratlar orqali tushuntiradi. Kitoblar ingliz tilida, shuning uchun bola bir vaqtning o‘zida ham ilmiy bilim, ham yangi so‘zlarni o‘rganadi. • Mavzular: Quyosh, Oy, Yer, sayyoralar, Quyosh tizimi, yulduzlar va yulduz turkumlari; inson tanasi (miya, yurak, ko‘z va quloq, teri va suyaklar); ob-havo hodisalari; hayvonlar guruhlari va hayot sikllari • Real fotosuratlar va tushunarli sxemalar bilan bezatilgan, glyans qog‘ozda chop etilgan • Har bir kitobda boblar, «Fast Fact» qiziqarli fakt bloklari va talaffuzi ko‘rsatilgan lug‘at (Glossary) bor • Kitob oxirida o‘qilganni mustahkamlash uchun savollar (Comprehension Questions) berilgan • To‘plam ichida mashqlar va dars rejalari bilan Teaching Guide qo‘llanmalari ham mavjud — ota-ona va o‘qituvchilar uchun qulay • Ilmiy so‘z boyligini kengaytirish, mustaqil o‘qish va olamni anglashga qiziqishni rivojlantirishga yordam beradi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



