Variantni tanlang
Baby Cloth Book — 3 oylikdan boshlab chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan 6 ta yumshoq mato kitobchadan iborat to‘plam. Har bir kitobcha alohida mavzuga bag‘ishlangan va yorqin, quvnoq rasmlar bilan bezatilgan. Bunday kitobchalar chaqaloqning atrof-olam bilan ilk tanishuvi uchun qulay. • To‘plamda 6 ta kitobcha: Fruits (mevalar), Vehicles (transport), Farm Animals (uy hayvonlari), Sea Animals (dengiz jonzotlari), Animals (hayvonlar) va Numbers (raqamlar) • Mato kitob: yumshoq sahifalarni kichkintoy bemalol ushlab, varaqlay oladi • Har bir sahifada rasm va uning inglizcha nomi yozilgan (masalan, Banana, Taxi, Koala, Three) • Yorqin ranglar va yirik tasvirlar chaqaloqning diqqatini tortadi, ranglarni ajratishga yordam beradi • Har bir kitobchada ilmoqcha (lenta) bor • Kitobchalarni birga ko‘rish ota-ona va bola o‘rtasidagi muloqotni boyitadi, kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirishga yordam beradi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



