"Tarbiya empatiyasi. Bolaning hissiy olamiga yo'l" — bolalar psixologi Adem Gunesh qalamiga mansub, ota-onalar uchun mo'ljallangan kitob. Muallif bola ruhiyatini tushunish, uning his-tuyg'ularini qadrlash va shu asosda to'g'ri tarbiya berish haqida sodda va hayotiy misollar bilan so'zlab beradi. Kitob farzandingiz bilan ishonchli munosabat qurishga yordam beradigan foydali qo'llanma bo'la oladi. • Bolaning hissiy olamini tushunish va unga empatiya bilan yondashish haqida • Qiziqish hissi va taqlid qilish ishtiyoqi bolaning tabiiy o'rganish motivatsiyasi ekani yoritilgan • Xulq-atvor o'rganiladimi yoki o'zlashtiriladimi — tarbiyada ishonchli munosabatning o'rni haqida • Bolaning erkin rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish bo'yicha fikrlar • Kuchli "men"ni, ya'ni mustahkam shaxsiyatni shakllantirish nega muhimligi tushuntiriladi • O'zbek tilida, lotin yozuvida, matn orasida rasmlar bilan
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



