Usborne Pop-Up Animals — sahifa ochilganda rasmlari bo‘rtib chiqadigan, hajmli (3D) kitob. Har bir sahifada hayvonlar ular yashaydigan muhit — tropik o‘rmon, savanna va bambukzor bilan birga jonlanadi. Bolalar kitobni varaqlab, yovvoyi tabiat bilan tanishadi. • Hajmli pop-up sahifalar: sahifa ochilganda maymunlar, yo‘lbarslar, fil, jirafalar va pandalar qog‘ozdan ko‘tarilib chiqadi • Chiroyli, yorqin va batafsil rasmlar ko‘zni quvontiradi • Matn ingliz tilida — har bir sahifada hayvonlar hayoti haqida qisqa, sodda jumlalar • Muqovada QR-kod bor — uni skanerlab, kitob matnini ovoz chiqarib o‘qilishini tinglash mumkin • Hayvonlar va ular yashaydigan muhit haqida bilimni boyitadi, qiziquvchanlikni oshiradi • Ota-ona bilan birga o‘qish va ingliz tilida yangi so‘zlarni o‘rganish uchun ajoyib tanlov
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



