Usborne Beginners Nature – tabiat haqidagi ingliz tilidagi bolalar kitoblari to‘plami. Kitoblar chiroyli quti ichida joylashgan bo‘lib, har biri tabiatning alohida mavzusiga bag‘ishlangan. Rangli fotosuratlar va aniq rasmlar orqali bola o‘simliklar, hasharotlar va hayvonlar hayoti bilan tanishadi. • To‘plamdagi mavzular: How flowers grow, Ants, Caterpillars and butterflies, Bees and wasps, Bugs, Reptiles, Rainforest, Tadpoles and frogs, Spiders, Trees • Qisqa va sodda matnlar: har bir sahifada bir nechta tushunarli gap va izohli rasmlar • Haqiqiy fotosuratlar va batafsil chizmalar tabiat jarayonlarini ko‘rgazmali tushuntiradi: urug‘ning unib chiqishi, asalari lichinkasining o‘sishi, gulning tuzilishi • Sahifalarda qiziqarli faktlar alohida ajratib berilgan • Ingliz tilida yozilgan, shuning uchun tabiatni o‘rganish bilan birga ingliz tilidagi so‘z boyligini kengaytirishga yordam beradi • Saqlash uchun qulay quti: kitoblar tartibli turadi va sovg‘a sifatida ham yaxshi ko‘rinadi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



