Usborne nashriyotining "Pop-Up Seasons" kitobi bolalarni yilning to‘rt fasli bilan tanishtiradi. Sahifalar ochilganda rasmlar hajmli, ya'ni 3D ko‘rinishda ko‘tarilib chiqadi: gullagan daraxtlar, qushlar uyasi, kuzgi bargli daraxtlar va qorli o‘rmon xuddi jonlanganday bo‘ladi. Kitob muallifi Anna Milbourne, rasmlarini Alexandra Badiu chizgan. • Har bir sahifada 3D ko‘rinishdagi hajmli rasmlar ochilib chiqadi • Bahor, yoz, kuz va qish fasllari tabiat va hayvonlar misolida ko‘rsatilgan: qo‘zichoqlar, chigirtka, sincaplar, kiyik va tulki • Kitob oxirida fasllar bo‘yicha aylanib tomosha qilinadigan katta hajmli daraxt bor • Matnlar ingliz tilida, qisqa va sodda jumlalardan iborat • Yorqin, batafsil rasmlar bolaning kuzatuvchanligi va tabiatga qiziqishini oshiradi • Ota-ona bilan birga o‘qish va fasllar haqida suhbatlashish uchun qulay
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



