«Why should I say sorry?» kitobi Usborne nashriyotining «Lift-the-flap Very First Questions and Answers» turkumiga kiradi. U bolalarga nima uchun va qanday qilib uzr so‘rash kerakligini sodda tilda va hayotiy misollar orqali tushuntiradi. Kitob ingliz tilida, qalin karton sahifali va okoshkali. Muallifi Rose Hall, rasmlarini Lucy Fleming chizgan. • Okoshkali (lift-the-flap) sahifalar: qopqoqlar ostida savollarga javoblar va qo‘shimcha rasmlar yashiringan • Qalin karton sahifalarni kichkintoylar ham bemalol varaqlaydi • Tanish vaziyatlar: o‘yinda qo‘pollik qilish, biror narsani sindirish, birovning ko‘nglini og‘ritish • Qanday uzr so‘rash kerakligi: baqirmasdan, nima uchun uzr so‘rayotganingni aytib • Muammoni xotirjam hal qilish haqida, shuningdek hamma, hatto hayvonlar ham yarashishi haqida sahifalar bor • Ota-ona va bola o‘rtasida his-tuyg‘ular, hamdardlik va do‘stlik haqida suhbat boshlash uchun qulay
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



