What are germs? — Usborne nashriyotining "Lift-the-flap Very First Questions and Answers" turkumidagi kitob. Unda bolalar mikroblar va bakteriyalar nima ekanini, ular qayerda yashashini va qanday tarqalishini oddiy savol-javoblar orqali bilib oladi. Qalin karton sahifalardagi ko‘plab ochiladigan qopqoqchalar (akoshkalar) ostida qiziqarli javoblar yashiringan. • Savol-javob shaklida: "Mikroblar qayerda yashaydi?", "Ular qanday tarqaladi?", "Tanam mikroblarga qarshi kurasha oladimi?" kabi savollarga javob beradi • Mikroblar qo‘lda, poyabzalda, oshxonada, o‘simlik va hayvonlarda bo‘lishini, qo‘l, jarohat va havo orqali yuqishini ko‘rsatadi • Tana mikroblarga qanday qarshi kurashishi, emlash va dorilar qanday yordam berishi haqida tushuntiradi • Qalin karton sahifalar va qopqoqchalar bolaning qiziqishini oshiradi, qo‘l motorikasini rivojlantiradi • Yorqin, quvnoq rasmlar mavzuni bolalarga tushunarli qiladi va gigiyena odatlari haqida suhbatlashishga yordam beradi • Kitob ingliz tilida
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



