Usborne nashriyotining «Very First Questions and Answers» turkumidagi «What is poo?» kitobi bolalarni qiziqtiradigan oddiy, ammo muhim savolga quvnoq va tushunarli tarzda javob beradi. Kitob qalin karton sahifalardan iborat, sahifalardagi akoshkalarni ochib, bola har bir savolning javobini o‘zi topadi. Yorqin rasmlar va qisqa matnlar mavzuni tabiiy va qiziqarli qiladi. • Lift-the-flap formati: sahifalardagi akoshkalar ostida yangi rasm va javoblar yashiringan • Qalin karton sahifalar kichkintoylar qo‘lida varaqlash uchun qulay • Mavzu oddiy tilda yoritilgan: tuvak va hojatxona, odamlar ham, hayvonlar, baliqlar va hasharotlar ham • Tabiat haqida qiziqarli ma’lumot: masalan, ot go‘ngi o‘simliklarning o‘sishiga yordam berishi • Matn ingliz tilida, qisqa jumlalar va katta harflar bilan yozilgan • Akoshkalarni ochish qiziquvchanlik, diqqat va qo‘l harakatlarini rivojlantiradi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



