Usborne nashriyotining "Very First Questions and Answers" turkumidagi "What is the Moon?" kitobi bolalarni Oy haqidagi qiziqarli savol-javoblar olamiga olib kiradi. Qalin karton sahifalardagi akoshkalarni ochib, bola har bir savolga javobni o‘zi topadi. Kitob ingliz tilida, muallifi Katie Daynes, rasmlari Marta Álvarez Miguéns qalamiga mansub. • Savol-javob shakli: Oy nima, uning shakli qanday, Oyga kimdir borganmi kabi savollarga sodda javoblar • Akoshkalar (lift-the-flap): ochib ko‘rish orqali bola o‘qishga faol qatnashadi va qiziqishi ortadi • Qalin karton sahifalar kichik qo‘llar uchun qulay va tez-tez varaqlashga mos • Yorqin, iliq rasmlar bolaning e’tiborini tortadi va mavzuni tushunishga yordam beradi • Kitob ingliz tilida, shuning uchun ingliz tilidagi oddiy so‘z va iboralar bilan tanishishga ham mos
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



