Usborne nashriyotining "Why do I (sometimes) feel angry?" kitobi bolaga jahl nima ekanini, u nega paydo bo'lishini va uni qanday xavfsiz yo'l bilan chiqarish mumkinligini sodda tilda tushuntiradi. Kitob ingliz tilida, mustahkam karton sahifalarda chiqarilgan va ko'plab ochiladigan akoshkalarga ega. Muallifi Katie Daynes, rasmlarini Amy Willcox chizgan. • "Lift-the-flap Very First Questions and Answers" turkumidan: savol-javob shaklida bolaga tushunarli tarzda yozilgan. • Jahl nega paydo bo'lishi mumkinligi kundalik vaziyatlar orqali ko'rsatilgan: adolatsizlik, biror narsadan chetda qolish, biror ish chiqmay qolishi. • Jahl chiqishi oddiy va normal holat ekani, uni yashirmaslik kerakligi tushuntiriladi. • Jahlni xavfsiz chiqarish usullari: tinch burchakka borish, yuzni sovuq suv bilan yuvish, jahl bilan rasm chizish, musiqa qo'yish, tashqariga chiqish. • Akoshkalar ostidagi rasmlar bolaning qiziqishini oshiradi va kitobni birga o'qishni qiziqarli mashg'ulotga aylantiradi. • Yorqin, jonli rasmlar bolaga his-tuyg'ularni tanib olish va ular haqida gapirishni o'rganishga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



