Usborne nashriyotining "Very First Questions and Answers" turkumidan olingan "Why do we need a potty?" kitobi bolani tuvakka o'rgatish jarayonini oson va qiziqarli qiladi. Kitob qalin kartondan tayyorlangan, sahifalaridagi ochiladigan akoshkalar ostida kichkintoylar savollariga sodda javoblar yashiringan. Muallifi Katie Daynes, rasmlarini Marta Álvarez Miguéns chizgan. • Mavzu: tuvak nima uchun kerak, u bilan o'ynash mumkinmi, unga qanday o'tirish kerak kabi bolalarning birinchi savollari • Ochiladigan akoshkalar (lift-the-flap) bolaning qiziqishini uyg'otadi va mayda motorikani rivojlantiradi • Qalin karton sahifalar kichkintoylar qo'lida ishlatishga mos • Yorqin va mehrli rasmlar kundalik hayotdagi tanish vaziyatlarni ko'rsatadi • Matni ingliz tilida: qisqa va sodda jumlalar bilan yozilgan • Ota-ona va bola birga o'qishi, tuvak mavzusini xotirjam muhokama qilishi uchun qulay
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!



