Akva kovrik to'rtburchak – ichiga suv solinadigan, xuddi kichik akvariumga o'xshaydigan qiziqarli suvli kovrik. Yuzasidagi dengiz osti dunyosi tasvirlari va ichida suzib yuradigan rangli figuralar chaqaloqning e'tiborini tortadi. Bola qorni bilan yotib kovrikka qo'l tekkizganda suv chayqaladi, figuralar harakatlanadi va bu uni o'ynashga undaydi. • Ichiga suv solinadi – yuzasi yumshoq va to'lqinlanib turadi • Dengiz osti dunyosi tasviri: delfin, sakkizoyoq, meduza, baliqchalar va dengiz yulduzlari • Ichidagi rangli figuralar suvda suzib yuradi va bolani kuzatishga undaydi • Qorin bilan yotib o'ynash bo'yin, yelka va qo'l mushaklarini mashq qildiradi • Figuralarni qo'l bilan quvish mayda motorika va sensor sezgilarni rivojlantiradi • Ovoz chiqaruvchi qismi (pishchalka) bor – o'yinni yanada qiziqarli qiladi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!
