Busy Book – Elementary cognition – bolani atrofidagi olam bilan tanishtiruvchi qiziqarli mashg'ulot to'plami. Har bir sahifada rangli rasm va siluetlar bor: bola alohida kartochkalarni topib, ularni sahifadagi mos joyga yopishtiradi. Bu oddiy o'yin orqali diqqat, kuzatuvchanlik va mayda motorika rivojlanadi. • Turli mavzular: hayvonlar, dengiz jonivorlari, dinozavrlar, transport, meva va sabzavotlar hamda ranglar • Siluetga mos rasmni topish vazifalari bolani solishtirish va mantiqiy fikrlashga o'rgatadi • Kartochkalar velkro (lipuchka) dumaloqchalar yordamida sahifaga yopishtiriladi va qayta-qayta olib qo'yiladi • Sahifalar halqalar bilan birlashtiriladi, varaqlash qulay • Sahifalardagi nomlar ingliz tilida yozilgan – bu bola bilan inglizcha so'zlarni ham takrorlash imkonini beradi • Dinozavrli yorqin muqova va rang-barang rasmlar bolaning qiziqishini oshiradi
Izoh qoldirish uchun hisobingizga kiring
KirishHali izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

